4000-520-616
欢迎来到免疫在线!(蚂蚁淘生物旗下平台)  请登录 |  免费注册 |  询价篮
主营:原厂直采,平行进口,授权代理(蚂蚁淘为您服务)
咨询热线电话
4000-520-616
当前位置: 首页 > 新闻动态 >
热卖商品
新闻详情
IBMning Maxfiylik to\'g\'risidagi bayonoti - O\'zbekiston | IBM
来自 : www.ibm.com/uz-uz/priv... 发布时间:2021-03-25

Ushbu Bayonotning avvalgi tahririni bu yerdan.

IBM da biz sizning shaxsiy ma\'lumotlaringizni himoya qilishning muhimligini anglaymiz va ularga mas\'uliyat bilan hamda IBM faoliyat yuritayotgan barcha barcha mamlakatlarda amal qilayotgan shaxsiy ma\'lumotlarni himoya qilish to`g`risidagi qonunga muvofiq ishlov berishga harakat qilamiz.

Ushbu Maxfiylik bayonoti IBM kompaniyasining mijozlari, biznes hamkorlari, yetkazib beruvchilari va IBM bilan biznes hamkorlikka ega bo‘lgan yoki bo‘lmoqchi bo‘lgan boshqa tashkilotlar hamda ular uchun ishlaydigan jismoniy shaxslar to‘g‘risida yig\'iladigan, foydalanadigan va baham ko‘radigan shaxsiy ma’lumotlarga nisbatan qo‘llaniluvchi umumiy maxfiylik amaliyotlarini bayon qiladi. Ushbu Maxfiylik bayonoti IBM tomonidan mijozlarning nomidan shaxsiy ma’lumotlarning ularning manfaatlari uchun va ularning nazorati ostida qayta ishlanishi (“prosessor” sifatida), masalan, Bulut xizmatlari yoki ilovalar (“ilovalar”) kabilarga nisbatan qo‘llanilmaydi. U shunday xizmatlarning vakolatli foydalanuvchilarga oid ma’lumotlarining to‘planishiga nisbatan IBM tomonidan bunday ma’lumotlarning o‘z manfaaqlari uchun (“nazoratchi” sifatida) qayta ishlanishi sharti bilan qo‘llanilishi mumkin.

Ushbu Maxfiylik to’g’risidagi bayonoti onlayn-kontekst, jumladan, xodimlarni ishga yollash to’g’risidagi qo’shimcha ma’lumotlarni o’z ichiga olgan, IBMning Onlayn-maxfiylik to\'g\'risidagi bayonoti bilan to\'ldiriladi. Biz veb-saytlarda shaxsiy ma\'lumotlarni to\'plash va ulardan foydalanish bo\'yicha yoki aniq mahsulot yoki xizmatlarni yig\'ish va ulardan foydalanish bilan bog\'liq bo’lgan qo\'shimcha yoki aniq ma\'lumot berishimiz mumkin.

Shaxsiy ma\'lumotlaringizni nima uchun va qanday qilib yig\'amiz va qanday qilib foydalanamiz
Biz sizning jismoniy shaxs sifatidagi shaxsiy ma\'lumotlaringizni turli maqsadlar uchun yig\'ishimiz mumkin, xususan quyidagilar:

Veb-saytlar yoki boshqa onlayn xizmatga (jumladan “ilovalar”) kirish va ulardan foydalanish
Veb-saytlarimidan biriga kirilganida yoki (onlayn xizmatlarga bo‘lgan havolalar ish stoli yoki mobil ilovalarni yoki “ilovalar” ni o‘z ichiga olgan) onlayn xizmatdan foydalanilganida biz parollar, IP-manzil va brauzer sozlamalari kabi sizga kirishni tadim etish, veb-saytning ishlashi va saytimizning ishlashi bilan bog‘liq bo‘lgan xavfsizlik va qonuniy talablarga amal qilishimiz uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni yozib olamiz. Biz shuningdek, veb-saytimiz haqidagi taassurotingizni personallashtirish masalan, afzal ko\'rganlaringizni va sozlamalaringizni yozib borish va veb-saytlarimiz, mahsulot va xizmatlarimizni takomillashtirish uchun statistikani yig\'ish maqsadida veb-saytimizga kirgan vaqtdagi faoliyatingiz to’g’risidagi malumotlarni to’playmiz.

Axborot, buyurtma yoki yordam olish maqsadidagi so\'rovingizga javob berish
Axborot olish, mahsulot yoki xizmatni buyurtma qilish, forumda yoki boshqa ijtimoiy hisoblash vositasida ishtirok etish maqsadida yoki sizga ko’mak berish to’g’risida ma’lumot so’rab bizga (onlayn yoki oflayn) murojaat qilganingizda so\'rovingizni bajarish (qoniqtirish) uchun va sizga mahsulot yoki xizmatga kirishni ta\'minlash, sizni qo\'llab-quvvatlash va siz bilan bog\'lanish imkoniyatini olish uchun zarur bo\'lgan ma\'lumotlarni yig\'amiz. Xususan, biz sizning ismingiz va bog\'lanish uchun ma\'lumotlaringiz, so’rovingiz va biz bilan kelishuvingiz to’g’risidagi ma’lumotni, shuningdek, buyurtmangiz bo’yicha yetkazib berish, bajarish va hisob-kitobni chiqarib berish to’g’risidagi ma’lumotlarni yig\'amiz va mijozlarimiz qoniqqanlligini baholash to’g’risidagi ma’lumotlarni yig\'ishni kiritishimiz mumkin. Biz o’zimizning huquqlarimizni himoya qilish maqsadida va siz bilan bo’lgan munosabatlarimiz tufayli bunday ma\'lumotlarni ma\'muriy maqsadlar uchun saqlaymiz.

Ro’yxatdan o’tish uchun o’z ismingiz va bog\'lanish uchun ma’lumotlarni ko’rsatganingizda, bunday ro’yxatdan o’tish veb-saytimizga kirishda sizni aniqlash uchun xizmat qilishi mumkin. Ko\'plab xizmatlar va mahsulotlarni buyurtma qilish uchun sizdan \"IBMid\"ni ro\'yxatdan o\'tkazishni talab qilamiz. Shuningdek, ro\'yxatdan o’tish, sizga maxfik sozlamalaringizni o\'zingizga moslashtirish va nazorat qilish imkoniyatini beradi. Sizning IBM Cloud xizmatlaridan foydalanishingiz
Biz, mahsulot hususiyatlarini boshqarish, sizning foydalanish bilan bog\'liq tajribangizni takomillashtirish, siz bilan biz o’zaro hamkorligimizni muvofiqlashtirish, mijozlarimizni xizmatlardan umumiy foydalanish to’g’risida xabardor qilish, ko’mak ko’rsatish, mahsulotlarimiz va xizmatlarimizni rivojlantirish va takomillashtirish uchun IBM Cloud xizmatidan foydalanishingiz to’risidagi ma’lumotni yig\'amiz. Biz qo’llayotgan texnologiyalar, yig\'ayotgan shaxsiy ma’lumotlar, shuningdek, cookie fayllarini qanday nazorat qilish yoki blokka tushirish, kuzatish yoki o’chirib tashlash to’g’risidagi batafsil ma’lumotni olish uchun IBMning Onlayn Maxfiylik to’g’risidagi bayonotiga murojaat qiling. Mijozlarimiz, potensial mijozlarimiz, hamkorlarimiz va yetkazib beruvchilarimizning xodimlariga murojaat etishBizning mijozlarimiz yoki potensial hamkorlarimiz, hamkorlarimiz va yetkazib beruvchilarimiz ham biz bilan munosabatlarda shartnomalarni va ular ijrosini boshqarish, mahsulot va xizmatlarni yetkazib berish, qo\'llab-quvvatlash, hisob-varaq taqdim etish va xizmatlarni yoki munosabatlarni boshqarish maqsadida, bizga o’zlarining bog\'lanish uchun xizmat ma\'lumotlarini (o\'z xodimlarining, pudratchilar, maslahatchilar va vakolatli foydalanuvchilarining lavozimi yoki unvoni, ismi, xizmat aloqa ma\'lumotlarini) taqdim etadilar. Tashrif buyuruvchilar haqida ma\'lumot
Biz ofisimiz va o’rnashgan joyimizga tashrif buyuradigan jismoniy shaxslarni ro\'yxatdan o\'tkazamiz (ismi, aniqlash va bog\'lanish uchun xizmat ma\'lumotlar) va shaxslar va mulk xavfsizligi, shuningdek tartibga solish maqsadlari uchun video-kuzatish tizimidan foydalanamiz. Marketing
Siz haqingizda yig\'ilayotgan ma\'lumotlarning ko\'pgina qismini siz bilan bevosita aloqa qilish natijasida olamiz. Tadbirlar uchun ro\'yxatdan o\'tayotganingizda, biz tadbirni tashkil qilish to’g’risidagi ma\'lumotlarni (onlayn yoki oflayn shakilda), tadbir vaqtida esa, sessiyalardagi ishtirokingiz va so\'rov natijalari to’g’risidagi ma’lumotlarni yig\'ishimiz mumkin. Biz o’z faoliyatimiz va marketing maqsadlarimizni amalga oshirish maqsadida umumiy tahlilni va biznes-analitikani tayyorlash uchun yig\'gan shaxsiy ma’lumotlarni umumlashtiramiz. Mahsulotlarimiz va xizmatlarimiz haqidagi ma’lumotlarni elektron pochta, telefon yoki pochta xizmati orqali olishni tanlashingiz mumkin. Veb-saytlarimizga kirganingizda yoki xizmatlarimizdan foydalanganingizda biz sizga siz tomonidan o\'zgartirilgan shaxsiy ma\'lumotlarni taqdim etishimiz mumkin. Siz bu yerda markering aloqalari bo‘yicha afzalliklaringizni o‘rnatish orqali istalgan vaqtda shaxsiylashtirilgan aloqalarni olishni bekor qilishingiz mumkin. Obunalar uchun har bir elektron xatning quyi qismida berilgan obunani bekor qilish ko‘rsatmalarini bajaring. Batafsilroq ma\'lumotni IBM Onlayn Maxfiylik bayonotida topishingiz mumkin.

Agar biz so\'rov, buyurtma, bitim yoki kelishuv (yoki aynan shunga tayyorgarlik) munosabati bilan yoki siz so\'ragan xizmatlarni (masalan, veb-sayt) ko’rsatish uchun sizning shaxsiy ma\'lumotlaringizdan foydalanayotganligimizni ko’rsatayotgan bo’lsak, bu siz bilan tuzilgan kelishuvni bajarish uchun zarur.

Marketing, mahsulotlarimiz va xizmatlarimizni yaxshilash yoki ishlab chiqish, yoki himoya va xavfsizlik, yoki qonunchilik talablariga rioya qilish maqsadida, sizning kelishuvingiz yoki so’rovnomangizdan tashqari, sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni qo’llayotganimizni ko’rsatgan hollarimizda, buni bizning yoki uchinchi taraflarning qonuniy manfaatlari asosida yoki sizning ruxsatingiz bilan amalga oshiramiz. Sizning shaxsiy ma\'lumotlaringizni Yevropa Ittifoqi maxfiylik to\'g\'risidagi qonun hujjatiga muvofiq to\'plaganimiz va ishlatganimizda, bu Sizning Huquqlaringizga ta`sir etishi mumkin.

Shaxsiy ma\'lumotlarni uzatish

Transchegaraviy biznes-jarayonlar, boshqaruv tuzilmalari va texnik tizimlarni qo’llovchi, keng ko’lamdagi mahsulot va xizmatlarni taklif etuvchi umumjahon tashkiloti bo’lgan IBM, shaxsiy ma`lumotlarni doimiy himoya qilish uchun standartlar va jarayonlar bilan bir qatorda ulkan siyosatlarni tadbiq etgan. Biz umumjahon tashkiloti bo’lib, siz to’g’ringizdagi ma\'lumotlar bilan dunyo bo\'ylab joylashgan sho\'ba tashkilotlarimizbilan almashinishimiz va mazkur Maxfiylik to’risidagi bayonotga muvofiq xo\'jalik faoliyati yuritayotgan barcha mamlakatlarga uzatishimiz mumkin.

IBM tomonidan nazorat qilinadigan sho\'ba tashkilotlarga shaxsiy ma’lumotlardan foydalanishga faqat maqsadlarga erishish uchun zarurat tug’ilgan xoldagina ruxsat etiladi.  Ayrim holatlarda, IBM turli mamlakatlarda joylashgan yetkazib beruvchilardan IBM nomidan shaxsiy ma\'lumotni yig\'ish, ishlatish, tahlil qilish va boshqa usulda ishlov berish uchun foydalanishi mumkin.

Zarur bo\'lgan hollarda yoki sizning ruxsatingiz bilan, IBM shuningdek Sizga yoki siz ishlaydigan tashkilotga, mahsulot yoki xizmatlarni taqdim etishda, yoki so\'rovlaringizni bajarishda yordam berish uchun shaxsiy ma’lumotlaringizni tanlangan hamkorlarga taqdim etishi mumkin. Yetkazib beruvchilar va hamkorlarni tanlashda, ular ma’lumotdan foydalanishda qo’llaydigan jarayonlarni inobatga olamiz.

Agar IBM ba\'zi mamlakatlarda korxonalarni sotish, sotib olish, birlashtirmoq yoki boshqacha tarzda qayta tashkil etishga qaror qilsa, bunday bitim potensial yoki haqiqiy xaridorlarga shaxsiy ma\'lumotlarning oshkor bo’lishi yoki sotuvchilardan tegishli ma\'lumotlarning olinishini keltirib chiqarishi mumkin. IBM mazkur turdagi bitimlarda shaxsiy ma’lumotlarni tegishlicha himoya qilish talablari qoidalariga rioya qiladi.

Shuni nazarda tutishingizni iltimos qilamizki, muayyan xolatlarda sud muhokamasi, sud qarori yoki yuridik (ma\'muriy) jarayoni munosabati bilan shaxsiy ma’lumotlar davlat organlariga oshkor qilinishi mumkin. Shunindek, sizning shaxsiy ma\'lumotlaringiz IBM, uning biznes hamkorlari, yetkazib beruvchilari yoki mijozlari va boshqa shaxslarning huquq va mulkiga ta’sir yetkazilgan yoki ta’sir yetkazilishi mumkin deb biz tomondan taxmin qilishga yetarli asos bo’lgan xolda, bunday huquq va mulkni himoya qilish uchun taqdim etilishi mumkin.

Ma\'lumotlarni xalqaro uzatish

IBMning xalqaro maqomi turli xil sho’ba tashkilotlari o\'rtasida, shuningdek biz xo\'jalik faoliyatini yuritayotgan mamlakatlardagi uchinchi taraflar bilan shaxsiy ma\'lumotlar bilan almashinishni nazarda tutadi. Ba\'zi mamlakatlarda shaxsiy ma\'lumotlarni uzatishda cheklovlar mavjud bo’lganligi bois IBM turli choralarni amalga oshirmoqda, jumladan:

Zarur bo\'lganda, IBM Yevropa Ittifoqi Komissiyasi tomonidan tasdiqlangan standart shartnomaviy shartlari yoki boshqa yurisdiksiyalardagi o\'xshash shartnomaviy qoidalarni qo’llaydi. Bu yetkazib beruvchilarga yoki boshqa uchinchi taraflarga ma’lumotni uzatishni o\'z ichiga oladi. Siz shu erda Yevropa Ittifoqi standart shartnomaviy shartlari nusxasini talab qilishingiz mumkin. IBM APEC ning transchegaraviy maxfiylik qoidalari tizimiga (CBPR) amal qiladi.

YeI-AQSh va Shveytsariya-AQSh Maxfiylik qalqoni platformasidan bundan buyon shaxsiy ma’lumotlarning o‘tkazilishiga nisbatan foydalanib bo‘lmasligi yoki unga tayanib bo‘lmasligi mumkin bo‘lgani holda IBM YeI-AQSh Maxfiylik qalqoni platformasi Shveytsariya-AQSh Maxfiylik qalqoni platformasi bo‘yicha barcha majburiyatlariga amal qilishni davom ettiradi. Batafsil ma’lumotlarni bu yerdan topish mumkin: IBM Maxfiylik qalqoni maxfiylik siyosati va AQSh Tijorat vazirligi.

Boshiga qaytish

Ma\'lumot xavfsizligi va ishonchliligi

Biz sizning shaxsiy ma\'lumotlaringizni himoya qilishga va uning ishonchliligini saqlashga intilamiz. IBM ruxsatsiz kirish, ishlatish va oshkor qilishdan shaxsiy ma\'lumotlaringizni himoya qilishda bizga yordam beruvchi, oqilona jismoniy, ma\'muriy va texnik himoya choralarini ko’radi. Masalan, biz internet orqali kredit karta to’g’risidagi ma\'lumotlar kabi muayyan ma\'lumotlarni uzatganda, shaxsiy ma\'lumotlarni shifrlaymiz. Biz shuningdek yetkazib beruvchilarimizdan bunday ma\'lumotlarni ruxsatsiz kirishdan, foydalanish va oshkor qilishdan himoya qilishini talab qilamiz.

Saqlash davri

Maqsadlarni amalga oshirish uchun ishlov berilayotgan shaxsiy ma’lumotlarni shu maqsadlarni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan vaqtdan ortiq saqlamaymiz, jumladan: - qonunchilikda nazarda tutilgan majburiyatlar (ma’lumotlarni saqlash bo’yicha auditorlik, buxgalterlik va ustav talablari)ga rioya qilgan xolda ishlov berish xavfsizligi; - nizolarni hal qilish; - biz faoliyat yuritayotgan mamlakatlarda huquqiy talablarni rasmiylashtirish, amalga oshirish va ximoya qilish.

Holat va xizmatlarga qarab vaziyatlar bir-biridan farq qilishi mumkinligi sababli Onlayn Maxfiylik to\'g\'risidagi bayonotidagi yoki maxsus xabarnomada keltirilgan ma’lumotda saqlashning tegishli muddatlari to’g’risida batafsilroq ma\'lumot bo’lishi mumkin.

Biz bilan qanday bog\'lanish mumkin

Agar sizda ushbu Maxfiylik Qoidalari bilan bog\'liq bo’lgan savolingiz bo\'lsa, iltimos, ushbu forma yordamida biz bilan bog\'laning. Sizning xabaringiz IBM Data Privacy Team (IBM Ma\'lumotlarni himoya qilish bo\'yicha jamoasi)ning tegishli a`zosiga, masalan Data Protection Officers (Ma\'lumotlarni himoya qilish xodimlariga) yoki jamoa a\'zolariga yuboriladi.

O‘rinli bo‘lgan hollarda shaxsiy ma’lumotlaringizning mulkdori (operatori) bo‘lib International Business Machines Corporation (IBM Corp.), 1 North Castle Drive, Armonk, New York, United States hisoblanadi, boshqacha aytilgan hollar bundan mustasno. IBM korporatsiyasi yoki uning nazorati ostidagi sho‘ba kompaniyasidan ma’lumotlarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonun tomonidan YeIH yoki Buyuk Britaniyadagi qonuniy vakilini tayinlash talab qilinadigan hollarda YeIH dagi vakil bo‘lib IBM International Group B.V. (Johan Huizingalaan 765, 1066 VH Amsterdam, The Netherlands) va Buyuk Britaniyadagi vakil bo‘lib IBM United Kingdom Limited (PO Box 41, North Harbour, Portsmouth, Hampshire, PO6 3AU, United Kingdom) hisoblanadi.

IBM Corp quyidagi holatlarda mulkdor (operator) bo\'lmaydi:

Shaxsiy ma\'lumotlarga shartnomaviy munosabatlar yoki IBM ning muayyan sho\'ba tashkiloti bilan shartnomaviy munosabatlarning tuzilishi munosabati bilan ishlov beriladi. Bunday holda shaxsiy ma\'lumotlarning mulkdori (operatori) bo’lib, siz yoki sizning ish beruvchingiz shartnomaga ega bo\'lgan yoki shartnomaga kelgusida ega bo\'ladigan yuridik shaxs sifatida IBM ning pudratchi kompaniyasi hisoblanadi. Jismoniy joyda yoki IBM sho\'ba tashkiloti joylashgan yerida to\'plangan shaxsiy ma\'lumotlar. Bunday holda, shaxsiy ma’lumotlarning mulkdori (operatori) bo’lib tegishli sho’ba tashkiloti hisoblanadi.Sizning huquqlaringiz

Siz shaxsiy ma’lumotlaringizga kirish, ularni yangilash yoki tuzatish kiritish va ayrim hollarda ularni o‘chirishni talab qilishingiz mumkin. Siz shuningdek, vositasiz marketingga qarshi e`tiroz bildirish huquqiga egasiz. So\'rov berish jarayoniga shu yerdan kirishingiz mumkin.

Shaxsiy ma’lumotlarga ishlov berishni tartibga soluvchi mahalliy qonunchiligingizga muvofiq qo’shimcha huquqlarga ega bo’lishingiz mumkin. Batafsil ma\'lumotni shu yerdan topishingiz mumkin.

Shikoyat qilish huquqi

Sizning shaxsiy ma\'lumotlaringizga ishlov berishimiz, ma\'lumotlarni himoya qilish to’g’risidagi amaldagi qonunlarga mos kelmaydi deb hisoblasangiz, shikoyat qilishingiz mumkin:

Ushbu formani qo\'llagan holda bevosita IBMega. Ma\'lumotlarni himoya qilish bo’yicha vakolatli organga. Yevropa Ittifoqidagi Ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha vakolatli organlarning nomlari va bog\'lanish uchun ma’lumotlarini bu yerdan topish mumkin.

Maxfiylik to’g’risidagi bayonotimizdagi o\'zgarishlar

Ma’lumotlarni boshqarish amaliyotlarimizga bo‘lgan o‘zgarishlarni aks ettirish uchun ushbu Maxfiylik to‘g‘risidagi bayonotni vaqti-vaqti bilan o‘zgartirib turishimiz mumkin. Qayta ko‘rib chiqilgan Maxfiylik to‘g‘risidagi bayonot yangilangan qayta ko‘rib chiqish sanasi bilan shu yerga chop qilinadi.  O‘zgarishlar yoki yangilanishlar mavjudligini davriy ravishda qayta tekshirib turishingizni tavsiya qilamiz. Agar biz Maxfiylik to‘g‘risidagi bayonotimizga biror-bir o‘zgarish kiritsak, 30 kun davomida shu sahifaning yuqori qismida eslatma chop qilamiz. Bunday qayta ko‘rib chiqish kuchga kirganidan keyin veb-saytlarimizdan foydalanishni davom ettirishingizni o‘zgarishlarni o‘qib chiqqansiz va tushungansiz, deb hisoblaymiz.

Boshqa maxfiylik to‘g‘risidagi bayonotlar siyosatlari

IBM Controller Binding Corporate Rules (US)

Boshiga qaytish
 

 

本文链接: http://usmanlik.immuno-online.com/view-771977.html

发布于 : 2021-03-25 阅读(0)
公司介绍
品牌分类
联络我们
服务热线:4000-520-616
(限工作日9:00-18:00)
QQ :1570468124
手机:18915418616
官网:http://